Loyihalar · Arduino / ESP32 / Pico

Arduino loyihalarini kashf qil

Boshlang‘ichdan yuqori darajagacha, sxemali, kodli va videoli yuzlab loyihalar. Qaysi darajada bo‘lsang, o‘sha yerdan boshla.

ESP32 WebSocket hisoblagichi (2 ta tugma + LCD + real vaqtli veb)
ES-28Yuqori
Premium

ESP32 WebSocket hisoblagichi (2 ta tugma + LCD + real vaqtli veb)

Bu loyihada ESP32-ga ulangan ikkita tugma (GPIO 5 oshiradi, GPIO 4 kamaytiradi) hisoblagichni o‘zgartiradi. Qiymat ham 16x2 I2C LCD-da, ham ESPAsyncWebServer-ning WebSocket qo‘llab-quvvatlashi orqali barcha ulangan brauzerlarda sahifani yangilamasdan darhol yangilanadi. HTTP polling o‘rniga bitta doimiy ulanish ishlatiladi va ESP32 yangi qiymatni ws.textAll() bilan hammaga yuboradi.

4.5(14)
23
ESP32 mDNS: qurilmaga bluegrays-esp.local orqali kirish (LCD ekranli)
ES-29Yuqori
Premium

ESP32 mDNS: qurilmaga bluegrays-esp.local orqali kirish (LCD ekranli)

Bu loyihada ESP32-ga mDNS (Multicast DNS) xizmatini qo‘shamiz, shunda unga IP manzil o‘rniga bluegrays-esp.local kabi o‘qiladigan xost nomi orqali kirasan. DHCP bergan IP o‘zgarsa ham, qurilma doim bir xil nomga javob beradi. Platada ishlaydigan kichik veb-server tufayli LED-ni brauzerdan http://bluegrays-esp.local/ manzili orqali boshqarasan.

4.8(14)
23
ESP32 OTA yangilash: proshivkani simsiz o‘rnatish (LCD ekranli)
ES-30Yuqori
Premium

ESP32 OTA yangilash: proshivkani simsiz o‘rnatish (LCD ekranli)

Bu loyihada ESP32-ga yangi proshivkani USB kabelsiz, Wi-Fi orqali yuklashni o‘rganasan. ArduinoOTA kutubxonasi bilan ESP32 tarmoqda ko‘rinadigan bo‘ladi va Arduino IDE-ning «Network port» bo‘limida bluegrays-ota nomi bilan avtomatik paydo bo‘ladi. Birinchi yuklash USB orqali bajariladi, keyin barcha yangilanishlar simsiz bo‘ladi; bu joyida o‘rnatilgan qurilmalar uchun juda muhim xususiyat.

4.6(14)
22
ESP32 HTTPClient + ob-havo API (LCD ekranli)
ES-31Yuqori
Premium

ESP32 HTTPClient + ob-havo API (LCD ekranli)

Bu loyihada ESP32 HTTPClient.h yordamida internet orqali ob-havo API-siga (wttr.in) REST API so‘rovini yuboradi. Kelgan JSON javobi ArduinoJson v7 bilan tahlil qilinadi va shahar, harorat, namlik, ob-havo holati hamda shamol I2C LCD-da ko‘rsatiladi. wttr.in API kalitini talab qilmaydi; istalgan shahar nomini yozish kifoya.

4.7(13)
20
ESP32 HTTPClient + ob-havo API (SSD1306 OLED displeyli)
ES-32Yuqori
Premium

ESP32 HTTPClient + ob-havo API (SSD1306 OLED displeyli)

Bu loyihada ESP32 HTTPClient.h yordamida internet orqali ob-havo API-siga (wttr.in) REST API so‘rovini yuboradi. I2C LCD versiyasidan farqli o‘laroq, bu yerda SSD1306 OLED (128×64) displey ishlatiladi; katta yozuv va vektor ikonkalar bilan boyroq ko‘rinish olinadi. Ob-havo uchun 7 ta vektor ikonka (quyoshli, yomg‘irli, qorli va boshqalar) bitmap fayllarsiz chiziladi.

4.3(10)
22
ESP32 Deep Sleep: batareyani tejash (OLED + RTC RAM hisoblagichi)
ES-33Yuqori
Premium

ESP32 Deep Sleep: batareyani tejash (OLED + RTC RAM hisoblagichi)

ESP32-ning Deep Sleep rejimi CPU va ko‘pchilik periferiya qurilmalarini o‘chirib, tok iste’molini taxminan 10µA gacha tushiradi; bu batareyada ishlaydigan IoT qurilmalari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu loyihada uchta uyg‘otish manbai ishlatiladi: taymer (15 s), tashqi pin (EXT0, GPIO 33 dagi tugma) va sensorli pin (T0/GPIO 4). RTC_DATA_ATTR bilan belgilangan hisoblagichlar chuqur uyqu davomida saqlanib qoladi.

4.3(10)
16
ESP32 namoz rakat hisoblagichi (HC-SR04 + SSD1306 OLED + 2 ta tugma)
ES-34Yuqori
Premium

ESP32 namoz rakat hisoblagichi (HC-SR04 + SSD1306 OLED + 2 ta tugma)

Namoz o‘qiyotganda nechanchi rakatda ekaningni ba’zan unutib qo‘yasanmi? Bu loyiha joynamoz yoniga qo‘yiladigan va qo‘lingni yaqinlashtirganingda sajdalarni sanaydigan rakat hisoblagichi. HC-SR04 ultratovushli masofa sensori qo‘lingni aniqlaydi, SSD1306 OLED displey rakatlar sonini ko‘rsatadi; ikkita tugma bilan 2, 3 yoki 4 rakatni tanlaysan va hisobni nollaysan. 2,5 soniyalik debounce va «qo‘l uzoqlashishi» tekshiruvi tufayli bitta sajda ikki marta sanalmaydi.

4.8(11)
14
ESP32 bilan RFID eshik qulfi (RC522 + servo + OLED + buzzer + LED)
ES-35Yuqori
Premium

ESP32 bilan RFID eshik qulfi (RC522 + servo + OLED + buzzer + LED)

ESP32, RC522 RFID moduli, SG90 servo motor, SSD1306 OLED displey, aktiv buzzer va 2 ta LED yordamida aqlli eshik qulfi yasaymiz. Karta o‘qitilganda uning UID-si kodda belgilangan ruxsat berilgan kartalar bilan solishtiriladi; mos kelsa, servo qulfni ochadi (yashil LED + 2 ta qisqa signal) va 5 soniyadan keyin yana qulflaydi. Noma’lum kartada qizil LED yonadi, 3 ta tez signal chalinadi va OLED-da o‘qilgan UID ko‘rsatiladi.

4.8(9)
16
ESP32 rang aralashtirgich chiroq (3 ta potensiometr + RGB LED + OLED)
ES-36Yuqori
Premium

ESP32 rang aralashtirgich chiroq (3 ta potensiometr + RGB LED + OLED)

ESP32 bilan 3 ta potensiometrni burab, xohlagan rangingni aralashtiradigan aqlli rang aralashtirgich chiroq! Qizil, yashil va ko‘k potensiometrlarni burganing sari umumiy katodli RGB LED darhol rangini o‘zgartiradi. SSD1306 OLED displeyda har bir kanal uchun 0-255 oralig‘idagi qiymat, to‘ldirish chiziqlari va HEX veb rang kodi (#FF8040 kabi) jonli ko‘rsatiladi.

4.7(6)
10
ESP32 bilan aqlli yoritish (PIR + LDR + rele + OLED)
ES-37Yuqori
Premium

ESP32 bilan aqlli yoritish (PIR + LDR + rele + OLED)

ESP32, PIR harakat sensori, LDR yorug‘lik sensori va rele moduli bilan uyingdagi yo‘lak, hojatxona yoki omborxonani aqlli yoritishga aylantiramiz. Xona yorug‘ bo‘lsa, harakat bo‘lsa ham chiroq yonmaydi, shunday qilib kunduzi energiya behuda sarflanmaydi. Chiroq 30 soniya yonib turadi, harakat davom etsa, vaqt avtomatik uzayadi.

4.3(6)
11
ESP32 bilan parkovka sensori (HC-SR04 + 5 ta LED shkala + buzzer + OLED)
ES-38Yuqori
Premium

ESP32 bilan parkovka sensori (HC-SR04 + 5 ta LED shkala + buzzer + OLED)

Avtomobil parkovka sensorining ESP32 versiyasi! HC-SR04 ultratovushli sensori bilan oldidagi narsagacha masofani o‘lchaymiz. Masofa qisqargani sari 5 ta LED-li shkala to‘ladi (yashil → sariq → qizil) va buzzer signallari tezlashadi. Juda yaqinlashganda (10 sm dan kam) uzluksiz signal chalinadi va barcha LED-lar yonadi. SSD1306 OLED displeyda katta yozuv bilan joriy masofa sm da va holat matni ko‘rsatiladi.

14
ESP32 IR universal pult (IR qabul qilgich + pult + 3 ta LED + buzzer + OLED)
ES-39Yuqori
Premium

ESP32 IR universal pult (IR qabul qilgich + pult + 3 ta LED + buzzer + OLED)

Tayyor IR pultni ESP32 bilan o‘qib, o‘z qurilmangni boshqar! Infraqizil qabul qilgich (NEC protokoli, 38kHz) 20 tugmali pult signallarini ushlaydi: 1/2/3 tugmalari uchta alohida LED-ni yoqib-o‘chiradi, PWR tugmasi hammasini o‘chiradi. Noma’lum tugmani bossang, OLED-da uning HEX kodi chiqadi, shunday qilib o‘z pulting tugmalarini kodga oson qo‘shasan.

4.5(9)
16